Dunyoni to’laligicha ko'ring!
Zamonaviy texnologiyalar, qulay boshqaruv, ishonchli xavfsizlik

"GEELY Auto” da

Biz har bir inson zamonaviy, qulay va ishonchli harakatlanish tajribasiga loyiq deb hisoblaymiz. Shu sabab Geely avtomobillari mukammal texnologiya, puxta xavfsizlik va betakror qulaylikni birlashtiradi.

Geely’ning yondashuvi aniq va tushunarli: xavfsizlik, texnologiya, innovatsion yechimlar va zamonaviy dizaynni uyg‘unlashtirib, ularni kundalik hayot uchun qulay va yanada yoqimli qiladi. Natijada avtomobillar haydovchiga boshqaruvda ishonch, yo‘lovchiga komfort, har bir safarda esa barqaror sifatni taqdim etadi.

Bugun Geely faqat avtomobil ishlab chiqarish bilan cheklanib qolmagan. Biz turmush sifatini yaxshilaydigan, yangi imkoniyatlarga yo‘l ochadigan zamonaviy harakatlanishning tizimli yechimlarini yaratamiz.

Shahar ichida ham, uzoq safarlarda ham Geely siz uchun ishonchli hamroh bo‘lishi bizning asosiy maqsadimiz.

Dunyoni Geely bilan to‘liqroq kashf eting!

GEELY EX5 EM-i

Uzoq masofali PHEV flagman SUV

Zeekr
  • 1033km
    Masofa Zahirasi
  • 8.06s
    0-100km/soat
  • 180km/h
    Maksimal Tezlik
GEELY EX5 EV

Intellektual to'liq elektrik SUV

Zeekr
  • 495km
    Masofa Zahirasi
  • 6.90s
    0-100km/soat
  • 175km/h
    Maksimal Tezlik
Monjaro
Zeekr
Zeekr
Geely Holding
haqida Qisqacha Ma’lumot
Zhejiang Geely Holding 2025-yilda Fortune Global 500 ro'yxatida 155-o'rinni egalladi va bu ro'yxatga to'qqiz bor kiritilgan. Kompaniya dunyo bo'ylab 140 mingdan ortiq xodimga ega.

Guruh tarkibida Geely Auto, Lynk & Co, ZEEKR, Volvo, Polestar, Lotus, Farizon va boshqa ko'plab taniqli brendlar mavjud.

Markaziy ofis Xitoyning Hangzhou shahrida joylashgan. Guruh Xitoy, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Germaniya va boshqa mamlakatlarda 30 mingdan ortiq mutaxassis faoliyat yuritadigan tadqiqot va loyihalash markazlarini tashkil etgan. Geely'ning ishlab chiqarish quvvatlari Xitoy, AQSH, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Belgiya va Malayziyada joylashgan. Guruhning dunyo bo'ylab 4 mingdan ortiq savdo va xizmat ko'rsatish filiallari mavjud.
Geely xalqaro ilmiy-tadqiqot, ishlanma va dizayn markazlari
Geely keng qamrovli global ilmiy-tadqiqot, dizayn va ishlab chiqarish tizimiga ega. Mustaqil innovatsiyalar va yangiliklarga intilish tamoyiliga amal qilgan holda, Geely quyidagi tarkibiy qismlardan iborat global strategik tizimni yaratdi: 5 ta muhandislik va ilmiy tadqiqot markazi, 5 ta dizayn markazi, 5 ta sinov hududi, 5 ta sun'iy intellekt eko tizimi, 5 ta energiya texnologiyalari yo'nalishi. Kompaniyada 30.000 dan ortiq ilmiy-tadqiqot muhandislari va dizaynerlar faoliyat yuritadi. Tadqiqot va ishlanmalar bo'yicha investitsiyalar hamda patentlar soni bo'yicha Kompaniya sohada yetakchi hisoblanadi. O'tgan 10 yil davomida ilmiy-tadqiqotlarga kiritilgan ja'mi investitsiyalar 200 milliard yuan ni tashkil etadi.
Zeekr
GEELY GEA
GEA oddiy arxitektura emas — uskuna, dasturiy ta'minot, ekotizimlar va AI'ni uyg'unlashtiradigan, yangi energiya uchun mo'ljallangan dunyodagi birinchi global aqlli platforma. BEV, PHEV, EREV va metanol-elektr kabi to'liq quvvat tizimlarini qo'llab-quvvatlaydi.
Zeekr
GEELY SHORT BLADE BATTERY
Xavfsizlik biz uchun birinchi o'rinda. Geely'ning Short Blade Battery akkumulyatori yuqori talablarga muvofiq yaratilgan va sakkiz ignali teshib kirish sinovidan muvaffaqiyatli o'tgan — bu odatdagi talablardan sakkiz baravar murakkabroq standartdir.
Zeekr
GEELY EM SUPER HYBRID
GEA platformasining markazida EM Super Hybrid joy olgan — u Geely'ning barcha gibrid modellari uchun yuqori unumdorlik va katta yurish masofasini taqdim etadi. EM-i Super Hybrid esa ajoyib energiya tejamkorligi, yo'qotishsiz induksiya va batareya uchun uzoq umrni ta'minlaydi.