Zeekr
“Geely Auto Uzbekistan” kirib kelayotgan Qurbon Hayit bayrami munosabati bilan maxsus sovg‘alar aksiyasini e’lon qiladi

Yaqinlashib kelayotgan Qurbon Hayiti munosabati bilan “Geely Auto Uzbekistan” xaridorlar va test-drayv ishtirokchilari uchun maxsus sovg’alar aksiyasini boshlaydi. Ushbu aksiya doirasida mijozlar cheklangan miqdordagi maxsus sovg‘alar va qo‘shimcha imtiyozlarga ega bo‘lishlari mumkin.

2026-yil 27-maydan 30-iyungacha davom etuvchi aksiya O‘zbekiston bo‘ylab Geely’ning rasmiy avtosalonlarida bo’lib o’tadi. Ushbu muddatda Geely avtomobilini xarid qilgan mijozlar, shuningdek, test-drayvda ishtirok etgan tashrif buyuruvchilar maxsus sovg‘alarini qo’lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Aksiya doirasida mijozlar quyidagi sovg’alarga ega bo’lishlari mumkin:

·         3 martalik bepul texnik xizmat ko‘rsatish;

·         Geely avtomobillari uchun bepul poliklar;

shuningdek, test-drayvda qatnashgan tashrif buyuruvchilar uchun qo‘shimcha sovg‘alar.

Sovg‘alar soni cheklangan bo‘lib, ular “birinchi kelgan, birinchi oladi” tamoyili asosida taqdim etiladi. Mijozlar aksiya davomida Geely avtosalonlariga tashrif buyurib mavjud takliflar haqida batafsil ma’lumot olishlari va Geely avtomobillarini test-drayvdan o‘tkazishlari mumkin.

Geely O‘zbekistonda rasmiy avtosalonlari, mijozlarga xizmat ko‘rsatish va sotuvdan keyingi qo‘llab-quvvatlash tizimi orqali o‘z faoliyatini izchil kengaytirib bormoqda. Bugungi kunda Geely avtomobillariga qiziqish ortib, tobora ko‘proq mijozlar ushbu brendni tanlamoqda. Aynqisa, Monjaro, EX5 (elektromobil), EX5 EM-i (gibrid) modellari o’zining zamonaviy dizayni, aqlli texnologiyalari, yuqori sifatli muhandislik va ilg’or xavfsizlik xususiyatlarini o‘zida mujassam etib, oilaviy foydalanish, kundalik shahar harakati va uzoq masofali safarlar uchun munosib tanlov hisoblanadi.

“Geely Auto Uzbekistan” sotuvdan keyingi xizmatni ham mijozlar uchun muhim yo‘nalishlardan biri sifatida rivojlantirmoqda. Geely egalari rasmiy servis markazlari xizmatidan foydalanishlari, malakali mutaxassislardan yordam olishlari va Geely modellari uchun mo‘ljallangan original ehtiyot qismlarga ega bo‘lishlari mumkin. Bu esa avtomobillarga butun foydalanish davri davomida rasmiy standartlar asosida xizmat ko‘rsatilishiga yanada ko’proq ishonch beradi.

“Geely Auto Uzbekistan” jamoasi barcha yurtdoshlarimizni yaqinlashib kelayotgan Qurbon hayiti bilan tabriklaydi hamda barcha xonadonlarga tinchlik, farovonlik va fayz-u baraka tilaydi.

Geely’ning O’zbekistondagi rasmiy ofisi va sotuvdagi modellari haqida batafsil ma’lumotlarni uchbu manbalardan olishingiz mumkin.

Vebsayt: www.geelyuz.com

Call-markaz: +998 55 510 02 90

Instagram: @geelyuzbekistan

Telegram: @geelyuz_official

 

Mazkur aksiya Geely’ning quyidagi rasmiy dilerlarida amal qiladi:

Geely Qo‘yliq
Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Parkona MFY, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, 740-uy
Telefon: +99877 732 09 09;

Geely Buxoro
Manzil: Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Gazli shoh ko‘chasi, 339-uy
Telefon: +99891 835 35 35;

Geely Farg‘ona
Manzil: Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 183g/2
Telefon: +99870 075 55 44;

Geely Qushbegi
Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Kichik Xalqa Yo‘li ko‘chasi, 22/1
Telefon: +99877 358 07 77

Model *
Viloyat nomi *
Diler *
Ha, men Geely Auto Wz kompaniyasining mahsulot va xizmatlari bo‘yicha ma’lumot hamda takliflarni elektron pochta va telefon qo‘ng‘iroqlari orqali olishga roziman. Men ushbu rozilikni istalgan vaqtda bekor qilish huquqiga egaman.
Men Geely Auto Wz veb-saytining Foydalanish shartlariga roziman va ularga qo‘shilaman. Ushbu kontakt formasini yuborish orqali men shaxsiy ma’lumotlarim Geely Auto Wz web-saytining Maxfiylik siyosatiga muvofiq qayta ishlanishiga rozilik bildiraman.
Topshirmoq